» » Xitoyda koronavirusga chalinganlarning 93 foizdan ortig‘i tuzaldi

Xitoyda koronavirusga chalinganlarning 93 foizdan ortig‘i tuzaldi


Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlarning 93 foizdan ortig‘i tuzaldi, kasalxonalarda ming kishidan kamroq bemor davolanishda davom etmoqda.

Umumiy hisobda Xitoyda 83 876 kishi koronavirusga chalingani qayd etilgan. Shundan 77 911 kishi tuzalgan, 4 636 nafari vafot etgan.

So‘nggi bir sutka davomida Xitoyda 10 kishida koronavirus aniqlandi. Ulardan 6 nafari chetdan yuqtirilgan. Shuningdek, 56 nafar bemor kasalxonadan chiqqan, vafot etganlar qayd etilmagan.

Avval ham Xitoyda koronavirusga chalinishlar soni kamaygani haqida xabar berilgan edi. 21-aprelda 11 ta, 20-aprelda 12 ta, 19-aprelda esa kasallanganlar soni bo‘yicha fevraldan buyon eng past ko‘rsatkich — 8 ta holat qayd etilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют