» » Bemor ko‘z yoshlarida koronavirus aniqlandi

Bemor ko‘z yoshlarida koronavirus aniqlandi


Italiyaning Ladzaro Spallantsani nomidagi yuqumli kasalliklar milliy instituti infeksiya yuqtirib olgan ayolning ko‘z yoshlarida koronavirusni aniqladi. Bu boradagi tadqiqot natijalari Annals of Internal Medicine jurnalida chop etildi.

COVID-19 izlarini topishga Uxandan yanvar oxirlarida qaytib kelgan 65 yoshli italiyalik ayol yordam bergan. Shifoxonaga yotqizilganidan uch kun o‘tib, unda konyuktivit (ko‘z shilliq qavatining yallig‘lanishi) paydo bo‘lgan va shifokorlar ko‘z shox pardasidan shilliq namunalarini olgan.

Ta’kidlanishicha, ayolning ko‘z yoshlarida virus RNKsi borligi ma’lum bo‘lgan. Bundan tashqari, uch haftagacha ko‘z yoshi suyuqligida koronavirus izi ketmagan. Bu vaqt orasida virus zarralari soni kamaygan.

Shuningdek, mutaxassislarning qayd etishicha, burun va tomoqdagi shilliq namunalari qoniqarsiz natija ko‘rsatgan taqdirda ham ko‘z shilliq qavatining testlari insonda koronavirus borligi bo‘yicha ijobiy natijalarni berishi mumkin.

Mavzuga doir:

Ushbu ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘zlar infeksiya tarqalishining potensial manbasi bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 17) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют