» » Nukusdagi Jasorat bog‘ining qurilish ishlari karantin sabab vaqtincha to‘xtatildi

Nukusdagi Jasorat bog‘ining qurilish ishlari karantin sabab vaqtincha to‘xtatildi


Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahridagi Motamsaro ona haykali joylashgan maydonning orqa tomonida Jasorat bog‘i qurilmoqda. Bu haqda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Xabarga ko‘ra mazkur bog‘ qurilishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi harbiy-ma’muriy sektori tomonidan 3 milliard so‘mga yaqin pul mablag‘i ajratilgan bo‘lib, ishlarni tezlashtirish maqsadida uchta pudratchi tashkilot yollangan.

Mavzuga doir: Nukusda harbiy texnikalarni temir yo‘l orqali tashish bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazildi (foto)

Koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilgan karantin sabab ayni vaqtda qurilish-montaj ishlari vaqtincha to‘xtatilgan.

Bog‘ barpo etish ishlarining 80 foizi tugatilgan. Ko‘kalamzorlashtirish va yoritish tizimlarini o‘rnatish kabi ishlar yakuniga yetsa, obyekt foydalanishga topshiriladi.

Jasorat bog‘i Motamsaro ona haykali joylashgan maydonning orqa tomonida, ilgari tashlandiq hududning deyarli 100 sotix maydonida, bunyod etilmoqda.

Bog‘ni jihozlash uchun Mudofaa vazirligi muzey fondidan eksponatlar hamda harbiy texnikalar olib kelingan.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan bog‘da eksponat sifatida o‘rnatiladigan harbiy texnikalarni joylashtirish, okop, blindaj va yerto‘lalarni qazish ishlari amalga oshirilgan.

Bog‘da jami 8 ta texnika: T-64 tanki, piyodalar jangovar mashinalari, zirhli transportyorlar hamda artilleriya va zenit qurilmalari o‘rnatilgan. Bog‘ eksponatlari uchun bir dona samolyot olib kelinishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: O‘zbekiston armiyasidagi eng katta va zamonaviy ko‘rinishga ega poligonlar o‘ntaligi tuzildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют