» » Karantin postida janjal ko‘targan samarqandliklar 15 sutkaga qamaldi

Karantin postida janjal ko‘targan samarqandliklar 15 sutkaga qamaldi


IIB xodimlarining qonuniy talabini bajarmay, karantin postida janjal ko‘targan pastdarg‘omliklar 15 sutkaga qamaldi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 19-aprel kuni soat 15:00 da fuqarolar I.A. va B.X. spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holda Pastdarg‘om tumani “Charxin” YPX maskani oldidagi karantin postidan o‘tmoqchi bo‘lgan. Fuqarolar postda xizmat olib borayotgan tuman IIB va YHXB xodimlarining hujjatlarini taqdim etishi haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmay, janjal chiqargan. Shuningdek, ommani IIB xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslikka da’vat qilgan.

Pastdarg‘om tuman Ma’muriy sudi sudyasi V.Fayzullayevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, sud majlisida I.A. va B.X. o‘z aybiga iqrorlik bildirib, oilaviy sharoiti va moddiy ahvolini inobatga olib qonuniy yengillik so‘ragan.

Sud hukmiga ko‘ra, I.A. va B.X. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasida ko‘rsatilgan (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) ma’muriy huquqbuzarliklarini sodir etganlikda aybli deb topilib, 223 ming so‘m jarima va 15 sutka ma’muriy qamoq bilan jazolangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 69) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют