» » 70 yoshli Gollivud aktyori Richard Gir uchinchi marta ota bo‘ldi

70 yoshli Gollivud aktyori Richard Gir uchinchi marta ota bo‘ldi


Gollivud aktyori Richard Gir 70 yoshida uchinchi marta ota bo‘ldi, deb xabar berdi HOLA! nashri.

Aktyorning 36 yoshli rafiqasi Alexandra Silva o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Chaqaloqqa qanday ism qo‘yilgani oshkor etilmagan. Hozirda er-xotin Nyu-York yaqinidagi ranchoda karantinni o‘tkazmoqda.

Yangi tug‘ilgan chaqaloq Richard va Alexandraning ikkinchi farzandi. Alexandraning avvalgi turmushidan 6 yoshli o‘g‘li bor. Bundan tashqari, Richard Girning aktrisa Keri Louelldan 20 yoshli o‘g‘il farzandi ham bor.

Richard va Alexandraning to‘yi 2018-yilda bo‘lib o‘tgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют