» » Qashqadaryo hokimi tashabbusi bilan G‘uzorda yoshlar shaharchasi barpo etiladigan bo‘ldi

Qashqadaryo hokimi tashabbusi bilan G‘uzorda yoshlar shaharchasi barpo etiladigan bo‘ldi


Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev tashabbusi bilan dehqonobodlik va shahrisabzlik yoshlar uchun G‘uzor tumanida yoshlar shaharchasi barpo etiladigan bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, G‘uzor tumanidan dehqonobodlik va shahrisabzlik yoshlar uchun 1000 gektar yer ajratilgan. Ular hududda dehqonchilik qilib, oziq-ovqat mahsulotlari ham yetishtiradi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovga ko‘ra, G‘uzorda “Har bir yoshga — bir gektar” loyihasi doirasida yer maydonlari ajratish ishlari boshlangan.

Mavzuga doir: Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi loyihalarga 247,6 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi

“Bu yaylovlarda ekin ekishdan tashqari parrandachilik va chorvachilik bilan ham shug‘ullanish mumkin. Yoshlarga parranda va chorva mollarini o‘zimiz bepul yetkazib beramiz. Qishloqning tabiiy sut-qatig‘i va tuxumlarini yegan odamning mehnat unumdorligi ham yuqori bo‘ladi”, — dedi viloyat hokimi Zoir Mirzayev.

Eslatib o‘tamiz, Zoir Mirzayev joriy yilning fevral oyida Shahrisabz tumanining chegara hududida joylashgan Sarchashma qishlog‘ida bo‘lib, qishloq aholisi muammolarini o‘rgangan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют