» » Dubay va Abu-Dabidagi koronavirus sabab yopilgan savdo markazlari qayta ish boshladi

Dubay va Abu-Dabidagi koronavirus sabab yopilgan savdo markazlari qayta ish boshladi


Birlashgan Arab Amirliklari tarkibiga kiruvchi ikki amirlik — Dubay hamda Abu-Dabida koronavirusga qarshi kurash maqsadida yopilgan savdo markazlari faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilmoqda, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Al-Arabiya telekanalining ma’lum qilishicha, Abu-Dabi amirligi Transport va munitsipalitetlar departamenti savdo markazlarini 30 foiz o‘tkazish qobiliyati bilan qayta ochish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Shuningdek, departament 25-aprel kunidan avtobuslarni dezinfeksiya qilish maqsadida ikki kunga rejali to‘xtatilgan jamoat transportlari harakatini qayta yo‘lga qo‘yadi.

Emarat Al-Youm gazetasining yozishicha, Dubay amirligi hukumati bozorlar, savdo va ish markazlarini ochish bo‘yicha rejani tasdiqlagan. Ta’kidlanishicha, mazkur reja o‘z ichiga to‘rtta bosqichni qamrab oladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, BAA koronavirus bilan kasallanganlar soni 8238 kishiga yetgan. O‘tgan bir sutka ichida qariyb 500 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, 6 kishi vafot etgan. Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda 52 bemor vafot etgan, 1546 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: BAAda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik rekord o‘rnatildi

O‘zbekistonda esa koronavirusga chalingan bemorlar soni 1716 nafarni tashkil etmoqda — kasallanganlar soni 22-aprel soat 23:00 dagi holatdan beri o‘zgarishsiz qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют