» » “Rostov” tarkibi deyarli 20 foizga arzonlashdi. Eng katta pasayish Shomurodovda qayd etildi

“Rostov” tarkibi deyarli 20 foizga arzonlashdi. Eng katta pasayish Shomurodovda qayd etildi


Rossiyadagi devalvatsiya sabab “Rostov” klubining 22 nafar asosiy tarkib futbolchilari narxi 19,6 foizga tushib ketdi, deya ma’lum qilmoqda Transfermarkt.

Aprel oyi boshida “Rostov” tarkibining narxi 46,97 million yevroni tashkil etgan, pasayishdan so‘ng esa bu miqdor 37,75 millionga tushib qolgan.

Eng katta pasayish O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovda kuzatilgan (-1,3 million yevro). Avvalroq 6,5 million yevroga baholangan Eldorning narxi 8-aprel kuni 5,2 millionga tushgan.

Mavzuga doir: Eldor Shomurodov Rostovdagi karantin, hayotidagi eng muhim shaxs va azaliy orzulari haqida

“Rostov” asosiy tarkibning narxi bo‘yicha Rossiya chempionati klublari orasida oltinchi o‘rinda turadi. Undan avval SSKA, “Lokomotiv”, “Spartak”, “Dinamo” va “Rubin” jamoalari bor.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют