» » Chexiya qochoqlarni qabul qilishdan bosh tortdi

Chexiya qochoqlarni qabul qilishdan bosh tortdi


Chexiya Yevroittifoqning 1,6 ming kishidan iborat kvotasi doirasida atigi 12 nafar qochoqni qabul qildi va qolganlarini mamlakatga kiritish niyatida emas. Bu haqda Chexiya ichki ishlar vaziri Milan Xovanets ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Vazirga ko‘ra, xavfsizlik xizmatlari tomonidan Italiya va Gretsiyada bo‘lib turgan muhojirlarni tekshirish bir necha hafta, hatto oylarga cho‘zilmoqda va katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. 

“Bu odamlar tekshiruv vaqtida joylarida, ya’ni Gretsiya yoki Italiyada bo‘lib turish istagini bildirmayapti. Shu sababli tekshiruvlarimizni yakunladik. Qochoqlarni tekshirmay turib qabul qilish esa umuman kerak emas”, — deya ta’kidladi Milan Xovanets. 

Xovanets mazkur qaror Yevroittifoqni Chexiyaga nisbatan bir necha million yevro miqdoridagi jazo choralari qo‘llashiga sabab bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! 

Опубликовано: admin (17-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют