» » O‘zbekistonda internet orqali tibbiy maslahat olish imkoniyati yaratildi

O‘zbekistonda internet orqali tibbiy maslahat olish imkoniyati yaratildi


O‘zbekistonda ilk bor “Shifokordan so‘rang” onlayn poliklinikasi sinov tariqasida ishga tushirildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan AskDoctor kompaniyasi va Uzinfocom yagona integratori hamkorligida ishlab chiqilgan mazkur loyiha o‘zbek va rus tillarida faoliyat yuritadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu loyihadan foydalanish uchun www.askdoctor.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak. Buning uchun aloqa ma’lumotlarni kiritib, telefon raqam orqali tasdiqlash lozim bo‘ladi. So‘ngra tegishli yo‘nalish bo‘yicha shifokor va qulay bo‘lgan aloqa usullaridan (video) birini tanlash lozim.

Oldindan yoki muloqot paytida anketalar, kasalxonadan chiqqanligi to‘g‘risidagi hujjatlar, ya’ni, shifokorga tavsiyalarni tayyorlashda yordam beradigan ma’lumotlar tasvirini yuklash mumkin. Shifokor maslahatidan so‘ng maslahat oluvchining telefoniga tavsiya yozilgani to‘g‘risidagi xabar keladi. Tavsiyani saytning shaxsiy kabineti orqali yuklab olish mumkin.

Ta’kidlanishicha, loyiha maqsadidan kelib chiqqan holda, onlayn maslahatlar faqat tavsiya xarakteriga ega. Chunki shifokor masofadan turib tahlil olish, harorat, bosim va pulsni o‘lchash kabi harakatlarni amalga oshira olmaydi.

Ushbu onlayn xizmatdan O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib, karantin tadbirlari davrida mutlaqo bepul. Xizmatdan foydalanish uchun maxsus dasturlarni o‘rnatish talab etilmaydi va internet brauzeriga ega har qanday qurilma (smartfon, planshet, noutbuk, kompyuter) orqali foydalanish mumkin. Brauzer sozlamalarida saytning mikrofon va vebkamera qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berilishi kerak.

Ma’lum qilinishicha, onlayn poliklinikaning barcha mutaxassislari Sog‘liqni saqlash vazirligida qo‘shimcha sinovdan o‘tgan yuqori malakali shifokorlar, shu jumladan, professorlar hisoblanadi. Tez orada uyda bo‘lgan va tibbiy maslahatlarni taqdim etish uchun texnik imkoniyatga ega shifokorlarni ham jalb qilish funksiyasi ishga tushiriladi.

Bundan tashqari, ushbu saytda maqolalar, tavsiyalar va tibbiy ensiklopediya ham mavjud bo‘lib, shifokor bilan onlayn maslahatlashuvdan oldin kerakli savollarga javob topish mumkin.

To‘satdan paydo bo‘lgan og‘riq va kasallik alomatlari paytida diqqatni jamlash juda qiyin bo‘lishini hisobga olgan holda, www.askdoctor.uz saytida oldindan ro‘yxatdan o‘tish tavsiya qilinadi.

Qayd etilishicha, onlayn maslahat to‘liq davolanish hisoblanmaydi. Zarur holda shifokor-konsultant tez yordam chaqirishi yoki shifokor ko‘rigiga yo‘naltirishi mumkin.

Vazirlikning qayd etishicha, ushbu loyiha qisqa fursatlarda ishga tushirilib, ma’lum bir muddat sinov tariqasida faoliyat yuritadi. Ushbu davrda texnik nosozliklar yuzaga kelishi va matnda xatoliklar kuzatilishi mumkin. Shu bilan birga, ayni paytda shifokorlar soni kam bo‘lganligi bois murojaatchilar ko‘payib, konsultantlar band bo‘lgan taqdirda, birozdan so‘ng qayta murojaat qilib ko‘rish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, karantin sababli O‘zbekistonda ko‘plab sohalarda onlayn xizmatlar yo‘lga qo‘yilmoqda va rivojlantirilmoqda. Xususan, bank, soliq, ta’lim sohalarida ish onlayn tashkil qilinmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev masofaviy o‘quv kurslari tashkil etib, yoshlar va ayollarga hunar o‘rgatish bo‘yicha topshiriq berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют