» » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 486 kishiga yetdi. Jizzaxda birinchi bemor sog‘aydi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 486 kishiga yetdi. Jizzaxda birinchi bemor sog‘aydi


Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘aygan 4 nafar bemor 23-aprel kuni reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Sog‘ayganlarning barchasi Andijon viloyatidan. Ulardan 1 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, ular koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 2019-yil tug‘ilgan.

Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan to‘liq tuzalib chiqqan bemorlar soni 51 nafarga yetdi.

Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasiga chalingan 1 nafar bemor butkul sog‘aydi. U 23-aprel kuni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalgan erkak 35 yoshda bo‘lib, Jizzax shahrida yashaydi. U koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. So‘nggi tekshiruvlar unda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.

Shuningdek, 23-aprel kuni Buxoro viloyatida bir yo‘la 31 nafar bemor to‘liq sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning 26 nafari Rossiyadan, 4 nafari esa Turkiyadan charter reyslar orqali Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, ular viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. 1 nafar bemor koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan.

Ulardan 27 nafari erkak, 4 nafari ayol. Bemorlarning 6 nafari Toshkent shahridan, 5 nafari Samarqand viloyatidan. Shuningdek, Andijon, Toshkent va Buxoro viloyatlaridan 4 nafardan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax, Farg‘ona viloyatlaridan 1 nafardan bemor tuzalganlar qatoriga kirgan. Ular orasida eng kattasi 69 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 16 yoshda.

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 114 nafarga yetdi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni esa 486 kishiga yetdi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 23-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, 1716 nafarni tashkil etmoqda — kasallanganlar soni 22-aprel soat 23:00 dagi holatdan beri o‘zgarishsiz qolmoqda. O‘zbekistonda 15-martdan buyon yetti nafar bemor infeksiya asoratlaridan vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют