» » Tomorqaga 50 yil oldin ko‘milgan Ford’ning siri ochildi

Tomorqaga 50 yil oldin ko‘milgan Ford’ning siri ochildi


Buyuk Britaniyada Jon Breyshou ismli fuqaro izolyatsiya vaqtida zerikib, tomorqasini qaziyotganida kamida 50 yil oldin ko‘milgan Ford Popular 103e avtomobiliga duch kelgani haqida xabar berilgandi. Breyshou ikki hafta davomida mashina kimga tegishli bo‘lganligi va nima sababdan ko‘milgani to‘g‘risida bosh qotirib, u maxfiy agentga tegishli bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgandi. Biroq asl haqiqat undan ham qiziqarliroq bo‘lib chiqdi, deb xabar beradi Motor.

Sirli Ford Popular topilmasi to‘g‘risidagi sujetdan Ikkinchi jahon urushi faxriysi Garolda Laylsning 91 yoshli bevasi xabar topgan. Aynan u “dafn etilgan” avtomobil sirini ochgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, 50 yildan ortiqroq vaqt davomida yerda “yotgan” avtomobil uning eriga tegishli bo‘lgan.

O‘tgan asrning o‘rtalarida, Layslar oilasi o‘sha uyda yashagan vaqtida, Garold bozordagi eng arzon modellardan biri — Ford Popular’ni sotib olgan. Mashina o‘zining ishonchliligi bilan ajralib turmagan, oradan ikki yil o‘tgach esa buzilib qolgan. Layls utilizatsiyaga pul to‘lamaslik uchun uni dastlab tomorqasiga “yashirib qo‘ygan”, keyinchalik esa “dafn qilish”ga qaror qilgan. Faxriy Ford Popular’ni kimdir kovlab olishini taxmin qilgan, shu sababli unga bir necha artefakt — sut uchun mo‘ljallangan “butilka” va parafinli banka tashlab qo‘ygan.

Layls 1987-yilda vafot etganidan so‘ng, uning bevasi 2019-yilning oxirida boshqa joyga ko‘chib ketgan. Ularning uyiga esa Jon Breyshou ko‘chib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют