» » O‘zbekistonda koronavirusga antitana borligini bilish uchun test topshirish mumkinmi?

O‘zbekistonda koronavirusga antitana borligini bilish uchun test topshirish mumkinmi?


O‘zbekistonda fuqarolar koronavirusga antitanachaga ega ekanliklarini bilish uchun tahlil topshirishlari mumkin. “Daryo” muxbirining xabar berishicha, bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov 23-aprel, payshanba kuni, AOKA qoshida tashkil etilgan brifingda ma’lum qildi.

“Bugungi kunda koronavirusga chalinmadimmi, degan savol ko‘pchilikni qiziqtiradi. Antitanachalarga tahlil orqali kim koronavirus bilan alomatlarsiz kasallanganini, ularning sonini aniqlash mumkin. Bu esa qo‘zg‘atuvchi virusning qanday harakatlanishini tushunishga yordam beradi.

Biroq tashxisning oltin standarti polimeraz zanjirli reaksiya usulidir. Test aniqligining o‘ziga xosligi qariyb 100 foiz, u hatto inkubatsiya davrida ham eng yaxshi tashxis vositasi hisoblanadi”, — deydi Otabekov.

Uning aytishicha, bugungi kunda mamlakatda laboratoriya tashxisi asosan polimeraz zanjir reaksiyasi (PZR) usulida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Nurmat Otabekovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda bugungi kungacha 196 830 kishi koronavirusni aniqlash uchun test topshirgan. Kuniga o‘rtacha 10 300 ta test o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yangi e’lon qilingan karantin tartibiga muvofiq, nodavlat tibbiyot tashkilotlariga barcha talablarga rioya qilgan holda hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari rahbarlari tomonidan imzolanadigan shartnoma asosida 2020-yil 1-sentabrga qadar koronavirus infeksiyasini laborator tekshirish bo‘yicha pullik tibbiy xizmat ko‘rsatishlariga ruxsat berilgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov koronavirus bo‘yicha test o‘tkazish yaqin vaqt ichida yarim millionga yetkazilishini aytgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bir bemorni davolash uchun qancha mablag‘ sarflanayotgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют