» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1735 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1735 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 23-aprel soat 19:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 19 kishiga oshib, 1735 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Avvalroq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 23-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra 1716 nafarni tashkil etayotgani, kasallanganlar soni 22-aprel soat 23:00 dagi holatdan beri o‘zgarishsiz qolganini ma’lum qilgandi.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning yetti nafari vafot etdi, 503 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin tartibi 10-mayga qadar uzaytirilgan. Respublika maxsus komissiyasi karantin davri uchun yangi tartiblarni e’lon qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют