» » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 561 nafarga yetdi. 23-aprel kuni 111 kishi reabilitatsiyaga jo‘natildi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 561 nafarga yetdi. 23-aprel kuni 111 kishi reabilitatsiyaga jo‘natildi


O‘zbekistonda COVID-19 kasalligiga chalingan bemorlarning 561 nafari tuzaldi. Mamlakat bo‘yicha 23-aprel, payshanba kuni, 111 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Buxoro viloyatida yana 58 nafar bemor butkul sog‘aydi. Viloyatda 23-aprel kuni 95 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga jo‘natildi.

Vazirlik tomonidan qayd etilishicha, 21-aprel kuni 96 nafar, 22-aprel kuni 93 nafar va 23-aprel kuni 111 nafar bemor tuzaldi.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 500 kishidan oshgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekistonda 23-aprel soat 19:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 19 kishiga oshib, 1735 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning yetti nafari vafot etdi, Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bir bemorni davolash uchun qancha mablag‘ sarflanayotgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют