» » Suratkash ralli poygalaridagi mashhur kadrlarni Lego yordamida takrorlashga muvaffaq bo‘ldi (foto)

Suratkash ralli poygalaridagi mashhur kadrlarni Lego yordamida takrorlashga muvaffaq bo‘ldi (foto)


Britaniyaning Evo jurnali suratkashi Dominik Freyzer Lego konstruktori yordamida tarixdagi eng xavfli poygalardan biri — “B guruhi” rallisining noyob suratlarini takrorladi.

Dominik bitta kadrni yaratish uchun bir necha soatlab ishlashiga to‘g‘ri kelgan. Konstruktor yordamida u binolar, pit-stop zonalari va tomoshabinlar ishtirokidagi kompozitsiyani yaratishga muvaffaq bo‘lgan. U o‘z ishi davomida g‘ildiraklar ostidan otilayotgan loylarni hosil qilishda uyi atrofidagi tuproqdan, qor o‘rniga esa undan foydalangan. Dominik tayyor bo‘lgan barcha suratlarni o‘zining Instagram’dagi sahifasiga joylagan.

Suratkash tomonidan yaratilgan “B guruhi”ning eng mashhur avtomobillaridan biri 1985-yili ishlab chiqarilgan Audi Sport Quattro S1 hisoblanadi. 200 nuxsada ishlab chiqarilgan mazkur modelda nemis konserni birinchi bor to‘liq uzatmadan foydalangan. Afsonaviy avtomobil kapoti ostidan 500 ot kuchiga ega besh silindrli turbomotor o‘rin olgan. Mashina og‘irligi 1100 kilogrammni tashkil etadi va o‘zining noodatiy aerodinamik ko‘rinishi bilan ajratib turgan.

“B guruhi” poygalari 1982-yildan 1986-yilga qadar o‘tkazilgan. U vaqtlarda 600 ot kuchiga ega avtomobillarda elektro qurilmalari va xavfsizlik tizimlari minimum darajada bo‘lgani sabab poygachilar tor ko‘chalar va odamlar kam yuradigan yo‘llar bo‘ylab soatiga 200 kilometr tezlikda o‘zining mahoratiga tayanib harakatlangan. Shu sababli “B guruhi” rallilari tomoshabinlar orasida katta qiziqish uyg‘otgan, biroq ko‘plab avariyalar oqibatida insonlar halok bo‘la boshlagach, 1986-yilda bu turdagi poygalar taqiqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют