» » Kreml Xitoy koronavirusga oid ma’lumotlarni yashirgani to‘g‘risida dalillar yo‘qligini bildirdi

Kreml Xitoy koronavirusga oid ma’lumotlarni yashirgani to‘g‘risida dalillar yo‘qligini bildirdi


Kreml Xitoy tomonidan koronavirusga oid ma’lumotlarni yashirish borasidagi bayonotlarni tasdiqlovchi isbotlarni ko‘rmagan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Peskov jurnalistlarning “Kreml Xitoy avvaliga koronavirus to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni yashirgan deya hisoblaydimi?”, degan savoliga javob qaytargan: “Biz bu kabi bayonotlarni tasdiqlovchi biror-bir asosli dalillarni ko‘rmadik”.

Avvalroq Amerikaning Missuri shtati bosh prokurori Erik Shmitt Xitoy hukumatini koronavirus pandemiyasida ayblab, ularga nisbatan da’vo arizasini kiritgani haqida xabar berilgandi. Da’voda javobgar tomon sifatida Xitoy hukumati, mamlakat kommunistik partiyasi va Xitoyning boshqa mansabdor shaxslari hamda davlat muassasalari ko‘rsatilgan.

Mavzuga doir: Tramp Pekinni koronavirusga oid faktlarni yashirgani uchun javobgarlikka tortishga va’da berdi

Eslatib o‘tamiz, mart oyining oxirlarida pandemiya o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy o‘z hududida koronavirus tarqalishini to‘xtatganini ma’lum qilgandi. Avvalroq esa Xitoy hukumati Uxandagi koronavirus qurbonlari soniga aniqlik kiritib, aslida COVID-19 oqibatida vafot etganlar soni 1290 kishiga ko‘p ekanligini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют