» » Surxondaryoda Captiva velosipedchini turtib yuborib, so‘ng devorga urildi. YTH oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi

Surxondaryoda Captiva velosipedchini turtib yuborib, so‘ng devorga urildi. YTH oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi


22-aprel, chorshanba kuni, soat 21:45 larda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Captiva va velosiped ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi odam o‘limi bilan yakunlangan. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi MFY hududidan o‘tuvchi 4P-108A avtomobil yo‘lida 34 yoshli A.Sh. boshqaruvidagi Captiva yo‘l chetidan shu yo‘nalishda ketayotgan velosiped haydovchisini turtib yuborgan. So‘ngra A.Sh. rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tarafidagi xonadonning devoriga avtomashinaning oldi qismi bilan urilgan.

YTH oqibatida og‘ir tan jarohati olgan Captiva yo‘lovchisi 31 yoshli U.T. tuman shifoxonasida vafot etgan. Ushbu transport vositasi haydovchisi A.Sh. va velosiped haydovchisi 2002-yilda tug‘ilgan I.J. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, 21-aprel kuni Surxondaryoning Boysun tumanida ham odam o‘limi bilan yakunlangan YTH sodir bo‘lgan. Nexia haydovchisi podachini qo‘ylari bilan birga urib ketishi oqibatida podachi voqea joyida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют