» » Vyetnamda bir hafta ichida hech kim koronavirusga chalinmagani uchun karantin rejimi bekor qilinadi

Vyetnamda bir hafta ichida hech kim koronavirusga chalinmagani uchun karantin rejimi bekor qilinadi


Vyetnamda hafta davomida koronavirusga chalinish bo‘yicha birorta holat qayd etilmagani uchun mamlakatda joriy etilgan cheklov choralarini bekor qilish boshlandi. Bu haqda 23-aprel, payshanba kuni, Vyetnam OAVlarida xabar berilgan.

Mamlakat bosh vaziri Nguyen Suan Fukan 22-aprel kuni COVID-19 tarqalishining oldini olish bo‘yicha milliy qo‘mita yig‘ilishida bildirishicha, ayrim cheklovlarning olib tashlanishi hotirjam tortishga asos bo‘lolmaydi.

Uning aytishicha, Vyetnamning aksariyat shaharlarida tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlari, shuningdek, xizmat ko‘rsatishga joriy etilgan cheklovlar olib tashlanadi, do‘konlar, kafe va restoranlar ochiladi. Biroq aholi infeksiya tarqalishining oldini olish choralariga rioya qilishi shart.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, aholi “yangicha hayot tarzi”ni qabul qilib, odamlarni jamoat joylarida niqob taqishga, oqilona masofani saqlashga va ko‘p odamlar to‘planuvchi yig‘ilishlarning oldini olishga chaqirishi lozim.

Shuningdek, Vyetnam poytaxti Xanoyda, Baknin va Xazyang provinsiyalari va Xoshimin shahrida ayrim cheklovlar saqlanib qoladi. Mamlakatda kasallanish xavfi yuqori deb topilgan Xanoyning ayrim hududlarida esa karantin choralari 30-aprelgacha davom etadi. Chorshanba kunidan boshlab Vyetnamning ichki aviaqatnovlari ham ishga tushishni boshlaydi.

Ma’lumot uchun, Vyetnamda karantin rejimi 1-aprelda joriy etilgan. Mamlakatda umumiy hisobda 268 kishi koronavirusga chalingani tasdiqlangan, ularning 216 nafari tuzalgan, o‘lim holatlari qayd etilmagan.

O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 1735 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 561 nafari tuzaldi, yetti nafari vafot etdi. Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 20-aprelga qadar joriy etilgan karantin hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib 10-mayga qadar uzaytirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 17) ( 0) ( 16) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют