» » Emomali Rahmon tojikistonlik fermer va dehqonlardan Ramazon ro‘zasini boshqa payt tutib berishni so‘radi

Emomali Rahmon tojikistonlik fermer va dehqonlardan Ramazon ro‘zasini boshqa payt tutib berishni so‘radi


Tojikistoni prezidenti Emomali Rahmon mamlakatdagi fermer va dehqonlardan Ramazon oyi ro‘zasini keyinroq tutib berishni so‘radi. Bu haqda Tojikiston prezidentining matbuot xizmati xabar bergan.

Rahmonning o‘z murojaatida koronavirus epidemiyasi vaqtida odamlarning o‘z sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi kerakligini qayd etdi.

“Kun davomida och yurish inson immunitetini kuchsizlantiradi va turli yuqumli kasalliklar yuqtirib olish ehtimolini oshiradi”, — degan Emomali Rahmon.

Tojikiston davlat rahbari barchani ekin maydonlarida mehnat qilishga va ro‘za tutishni boshqa muddatga qoldirib, keyinchalik qazosini tutib berishga chaqirdi.

Rahmon Tojikiston xalqiga yo‘llagan murojaatida pandemiya tufayli ishni to‘xtatmaslik lozimligi, aks holda, kuz-qish mavsumida har bir oilada katta qiyinchiliklar, bozorlarda inqiroz va qimmatchiliklar bo‘lishini ta’kidladi.

Muqaddas Ramazon oyi 24-apreldan boshlanadi va 24-mayga qadar davom etadi.

Reuters agentligining yozishicha, Tojikiston Xalqaro valyuta jamg‘armasidan global retsessiya sabab iqtisodiyotini tiklash uchun favqulodda yordam so‘ragan. Tojikiston bug‘doyni import qiladi va mamlakatga asosiy don yetkazib beruvchi davlat Qozog‘iston hisoblanadi. Qozog‘istonda bug‘doy eksportining limitlari keskin qisqartirilgan.

Avval Tojikistonda pnevmoniyadan vafot etgan prokuratura xodimi yopiq tobutda dafn etilgani, mamlakatdagi masjidlar yana yopilib, juma va taroveh namozlari masjidlarda o‘qilmasligi, Tojikistonda pnevmoniyadan o‘lgan to‘rtinchi bemorga qaragan shifokorlar karantinga olingani, biroq mamlakatda hali ham koronavirus rasman qayd etilmagani haqida xabarlar berilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonlik ekspert nima uchun Tojikistonda koronavirus yo‘qligini izohladi

20-aprel kuni O‘zbekistonda Ramazon oyi 24-apreldan boshlanishi ma’lum qilingan, undan avval Musulmonlar idorasi tomonidan Ramazon oyini o‘tkazish haqidagi bayonotda taroveh namozlarini uyda o‘qish tavsiya etilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют