» » Rossiyaliklarning uchdan biri AQSh bilan urush bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi

Rossiyaliklarning uchdan biri AQSh bilan urush bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi


Rossiya aholisining 30 foizi AQSh va Rossiya o‘rtasida urush bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi.  Bu haqda Rossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga asoslanib, “RIA Novosti” ma’lum qildi.

Rossiyaliklarning 63 foizi bunday nizo bo‘lishi mumkin emas yoki ehtimoli kam, deb hisoblaydi. So‘rovda ishtirok etganlarning 16 foizi ikki mamlakat o‘rtasidagi urushni umuman haqiqatdan yiroq deb hisoblaydi. Urush ehtimolini kam deb hisoblaydiganlar 47 foizni tashkil qiladi. Urushning bo‘lishi aniq va boshlanishi mumkin deb hisoblovchilar 16 foiz, aholining 14 foizi esa bunday urush allaqachon boshlangan deb hisoblaydi.

2014-yil mart oyida o‘tkazilgan so‘rov ma’lumotlariga ko‘ra, so‘rovda ishtirok etganlarning 25 foizi bunday urush bo‘lishi mumkin emas, 51 foiz urush ehtimoli kam, 14 foizi urush aniq, atigi 4 foizi esa urush allaqachon boshlangan, deb hisoblagan.

Bu yilgi so‘rov 2017-yil 11—12-aprelda 1,2 ming kishi o‘rtasida o‘tkazilgan. Statistik xatolik 3,5 foizdan oshmaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют