» » Deutsche Bank koronavirusning tarixdagi eng yomon pandemiya bo‘lish imkoniyatlarini baholadi

Deutsche Bank koronavirusning tarixdagi eng yomon pandemiya bo‘lish imkoniyatlarini baholadi


Yangi turdagi COVID-19 koronavirus pandemiyasi boshqa shu turdagi 23 ta pandemiya bilan taqqoslanganda, eng xavfli yigirmatalikka ham kirmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Deutsche Bank tadqiqot hujjatlariga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Tadqiqot mualliflari tarixiy ma’lumotlarga tayanib, kamida 100 ming kishining umriga zomin bo‘lgan pandemiya va epidemiyalarni tahlil qilib ko‘rdi. Ular 24 kasallikdan iborat ro‘yxatni tuzib, jahon aholisining qancha qismi vafot etganini hisoblab chiqdi. Deutsche Bank’ning ta’kidlashicha, qurbonlar soni har xil keltirilgani sabab tadqiqotchilar turli xil manbalardan foydalangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, COVID-19 oqibatida Yer aholisining 0,002 foizi vafot etgan (Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, 182 mingdan ortiq bemor vafot etdi). Ushbu ko‘rsatkichga ko‘ra, 2009—2010-yillarda tarqalgan cho‘chqa grippi hozirgi pandemiyadan o‘tib ketgan: o‘shanda aholining 203 mingi yoki 0,003 foizi vafot etgandi.

Bugungi kunda o‘lim bilan yakunlanayotgan kasalliklar orasida OITS peshqadamlik qilmoqda. 1981-yili OIV kasalligi aniqlanganidan buyon hozirga qadar aholining 0,57 foizi (30 million odam) uning oqibatida vafot etgan va bu pandemiya hali ham davom etmoqda. So‘nggi yuz yillikning keng ko‘lamli pandemiyalaridan biri “ispanka” (“ispan grippi”) bo‘lib, Birinchi jahon urushidan keyin tarqalgan. Ushbu kasallik oqibatida 50 million odam, o‘sha davrdagi aholining 2,73 foizi qirilib ketgan.

Insoniyat tarixida so‘nggi ikki ming yil ichidagi eng xavfli kasallik — bu “qora ajal” bo‘lib, 1347—1351-yillarda tarqalgan. Mazkur o‘lat oqibatida o‘sha davrdagi Yer aholisining 42 foizi — 200 million kishi vafot etgan. Vizantiya imperatori Yustinian I davrida (541—542-yillar) tarqalgan o‘lat oqibatida esa 28,51 foiz aholi — 60 million kishi kasallik qurboniga aylangan.

Avvalroq amerikalik olimlar koronavirusga chalinganlar soni rasmiy raqamlardan o‘n baravar ko‘p bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют