» » JSST vakili COVID-19 bilan kasallanishning eng yuqori cho‘qqisi o‘tganligi qanday belgilarda namoyon bo‘lishini aytdi

JSST vakili COVID-19 bilan kasallanishning eng yuqori cho‘qqisi o‘tganligi qanday belgilarda namoyon bo‘lishini aytdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Melita Vuynovichning ma’lum qilishicha, Rossiyada koronavirus tarqalishiga qarshi joriy qilingan cheklovlar ish bermoqda, mamlakat epidemiyaga qarshi kurashishni eplayapti. Biroq kasallanishning eng yuqori cho‘qqisi o‘tganligi haqida uzoq vaqt davomida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgandagina gapirish mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Ijobiy o‘zgarishlar mamlakatning barcha joyida yetarlicha uzoq vaqt davom etayotganiga ishonch hosil qilish kerak. Shundan keyingina kasallik tarqalishining eng yuqori cho‘qqisi o‘tgani haqida gapirish mumkin. Hozircha aytish mumkinki, qo‘llanilayotgan cheklov choralari ish bermoqda va tizim mamlakatda epidemiyaga qarshi kurashni eplay olyapti”, — deya ta’kidlagan tashkilot vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada ham, Moskvada ham 20-apreldan boshlab kasallanish bilan bog‘liq yangi holatlarning kamayishi kuzatilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 20-aprel kuni bergan bayonotida mamlakatda kasallikning eng yuqori cho‘qqisi hali oldinda ekanligini aytgan. U mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatni murakkab deb atagan.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada kasallikning eng yuqori cho‘qqisi may oyida kuzatiladi. Moskva meri o‘rinbosari Anastasiya Rakova shaharda kasallikning eng yuqori cho‘qqisi may oyining boshida kutilayotganini aytgan edi.

Ma’lumot uchun. 22-aprel holatiga ko‘ra, Rossiyada COVID-19 qurbonlari soni 513 kishiga yetdi, kasallanganlar soni 58 ming kishiga yaqinlashdi, 4420 kishi davolanishga muvaffaq bo‘ldi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 01:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют