» » Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni ovlagan qashqadaryoliklar qo‘lga olindi

Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni ovlagan qashqadaryoliklar qo‘lga olindi


Qashqadaryoda karantin qoidalarini buzib, Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni ovlagan fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 20-aprel kuni Yakkabog‘ tumanining tog‘li hududlarida brаkonyerlarga  qarshi kurashish maqsadida reyd tadbiri o‘tkazilgan.

Tadbirda boshqarma xodimlari “Qizildaryo”da baliq ovlayotgan ikki nafar shaxsni uchratgan.

Tumanning Suvlisoy qishlog‘ida yashovchi Nodir Ashurov va o‘zini tanishtirishni istamagan yana bir fuqaro baliq ovlash taqiqlangan paytda tartibni buzib, Qizil kitobga kiritilgan Amudaryo gulbalig‘ini ovlayotgani ma’lum bo‘lgan. Hamda ov quroli va 4 dona baliq ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda fuqarolar qilmishini prokuratura o‘rganmoqda.

Ma’lumot uchun, 2009-yilda chop etilgan Qizil kitobga baliqlarning 17 turi kiritilgan. Ular orasida Amudaryo gulbalig‘i ham bor.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют