» » Xitoy JSSTga qo‘shimcha 30 mln dollar ajratadi

Xitoy JSSTga qo‘shimcha 30 mln dollar ajratadi


Xitoy Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga qo‘shimcha 30 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratadi. Bu haqda XXR Tashqi ishlar vazirligi vakili Xua Chunyin ma’lum qilgan.

Xua xonim Xitoyning mart oyida JSSTga 20 million dollar mablag‘ ajratgani va bu pullar tashkilotga COVID-19 koronavirusiga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun berilganini qayd etgan.

Xitoy TIV vakilining bayonoti AQShning JSSTni moliyalashtirishdan voz kechganini e’lon qilganidan bir hafta o‘tganidan keyin berildi. Donald Tramp JSSTni Xitoy bergan ma’lumotlarga ishonib, dunyo hamjamiyatini o‘z vaqtida koronavirus haqida ogohlantirmaganlikda ayblagan.

“JSST asosiy vazifasini bajara olmadi va buning uchun mas’uliyat bo‘ynida ekanini his etishi lozim. Men tashkilotni moliyalashtirishni ular xato yuzasidan taftish o‘tkazib koronavirus tarqalishining asl sabablarini aniqlamaguniga qadar vaqtincha to‘xtataman”, — deya ta’kidlagan Tramp.

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo esa Fox News telekanaliga bergan intervyusida Amerikaning JSSTni moliyalashtirish masalasiga boshqa qaytmasligini bildirgan.

“Menimcha biz JSSTni moliyalashtirishni qayta ko‘rib chiqishimiz va buning AQShga nima berishini tahlil qilishimiz lozim. Biz tashkilotni 2007-yilda isloh qilganmiz, shu sababli BMT qoshida o‘tirgan ushbu tashkilotning mukammal emasligini yaxshi bilamiz. Uni yana qayta tuzatish kerak. JSST tuzilmasini o‘zgartirishimiz zarur”,— degan Pompeo.

Mavzuga doir: 

AQSh hali ham JSSTning eng katta donori hisoblanadi. 2018–2019-moliyaviy yilida tashkilotga AQSh tomonidan qariyb 900 million dollar mablag‘ ajratilgan, Xitoy esa ushbu davr mobaynida 85 million dollar bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют