» » Andijonda agroinspeksiya tuman bo‘limi boshlig‘i 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Andijonda agroinspeksiya tuman bo‘limi boshlig‘i 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi


Andijonda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Asaka tumani bo‘limi boshlig‘i 44 gektar yerni olib qo‘ymaslik uchun 10 ming AQSh dollari talab qilib, pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bergan.

Xabarga ko‘ra Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon viloyati boshqarmasi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarini huquqlarini himoya qilish borasida “Q.E.” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi X.X.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Asaka tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi B.M ariza muallifi X.X.dan fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 44 gektar yer maydonida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari to‘liq ekilmaganligini ro‘kach qilib, ushbu yerni olib qo‘yish bilan qo‘rqitib, ta’magirlik yo‘li orqali 10 ming AQSh dollari talab qilib, pullarini agroinspeksiyaning ma’muriy binosi yonida vositachi orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют