» » Qashqadaryoda koronavirusga chalingan opa-singil sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘yicha tuzalganlar soni 563 nafarga yetdi

Qashqadaryoda koronavirusga chalingan opa-singil sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘yicha tuzalganlar soni 563 nafarga yetdi


Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi ikki nafar bemor butunlay sog‘aydi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, ular viloyat mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Sog‘ayganlar Chiroqchi tumanida yashovchi opa-singillar bo‘lib, kattasi 16 yoshda bo‘lsa, kichigi 11 yoshda. Ular koronavirus infeksiyasiga chalingan ukasi bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan edi.

Qayd etish joiz, shu vaqtgacha Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusga chalingan ikki nafar bemor sog‘aygan edi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusdan sog‘ayganlar soni esa 563 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 24-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq jami holatlar soni 1778 tani tashkil etmoqda. Bemorlarning yetti nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют