» » Germaniyada koronavirusga chalinganlar soni 150 ming kishidan oshib ketdi

Germaniyada koronavirusga chalinganlar soni 150 ming kishidan oshib ketdi


Germaniyada yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 150 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda Robert Kox instituti ma’lumotlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir sutka ichida mamlakatda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 2237 ta holat qayd etilgan, 227 kishi vafot etgan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 5321 kishiga yetdi.

Tibbiyot xodimlarining ta’kidlashicha, hozirga qadar Germaniyada koronavirus 150 383 kishida aniqlangan bo‘lib, ularning 106,8 ming nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyada COVID-19’ni yuqtirib olganlar 153 ming kishidan oshgan, 5575 kishi vafot etgan. Butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh yetakchilik qilmoqda (869 ming bemor). Undan keyingi o‘rindan Ispaniya (213 ming), Italiya (189,9 ming) va Fransiya (159,4 ming) o‘rin olgan. Germaniya ayni vaqtda beshinchi o‘rinda ketmoqda.

Avvalroq Germaniyada karantin choralarining qisman bekor qilinishi e’lon qilingan edi. Mamlakatda maydoni 800 metr kvadratdan katta bo‘lmagan velosiped va kitob do‘konlarining ochilishiga ruxsat etilgan. 4-maydan maktablardagi ta’lim qayta boshlanadi va sartaroshxonalar faoliyati ham tiklanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют