» » Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 656 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 656 kishiga yetdi


Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 25 ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.

Kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Natijada mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlarning jami soni 656 kishini tashkil etmoqda. Kasallikka chalinish holatlari, asosan, O‘sh shahrida qayd etilgan — 157 kishi. Undan keyingi o‘rinda Bishkek (147 kishi) va Jalolobod viloyati (109 kishi) joylashgan. O‘sh viloyatida — 104 kishi, Norin viloyatida — 83 kishi, Chuy viloyatida — 42 kishida koronavirus aniqlangan. Issiqko‘lda COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olganlar 8 kishini, Batken viloyatida esa — 6 kishini tashkil etmoqda. Talas viloyatida hozirgacha kasallikka chalinish bo‘yicha birorta holat qayd etilmagan.

Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 8 kishi COVID-19 qurboniga aylandi, jami 322 kishi davolanishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda statsionarlarda 326 bemor davolanmoqda, ulardan 5 nafari jonlantirish bo‘limida.

Koronavirusga chalinganlarning 354 nafarini ayollar tashkil etayotgan bo‘lsa, 302 nafari — erkaklar. Bemorlarning 75 nafari — 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar orasida kasallikka chalinganlar to‘rt nafarga yetgan.

O‘zbekistonda 24-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1778 kishiga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning yetti nafari vafot etdi, 561 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют