» » Butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 190 ming kishidan oshdi

Butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 190 ming kishidan oshdi


Butun dunyoda koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni 190 459 kishiga yetdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 2,7 milliondan ortiq odamda COVID-19 aniqlangan. Hozirga qadar bemorlarning 738 mingi davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Shifokorlar tomonidan koronavirus bo‘yicha 4,6 million test o‘tkazilgan.

Kasallar va qurbonlar soni bo‘yicha ro‘yxatda AQSh yetakchilik qilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 869 ming kishidan, virus qurbonlari esa 49,8 ming kishidan oshgan. Kasallik eng ko‘p qayd etilgan davlatlar qatoridan Ispaniya (213 ming), Italiya (189,9 ming), Fransiya (159,4 ming), Germaniya (153,1 ming), Buyuk Britaniya (139,2 ming), Turkiya (101,7 ming), Eron (87 ming), Xitoy (83,8 ming) va Rossiya (62,7 ming) o‘rin olgan..

Avvalroq koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xitoyda koronavirusga chalinganlarning 93 foizdan ortig‘i tuzalgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 

O‘zbekistonda 24-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1778 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning yetti nafari vafot etdi, 561 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют