» » Jon Terri: Rafael Benites bilan birinchi kundanoq chiqisha olmaganman

Jon Terri: Rafael Benites bilan birinchi kundanoq chiqisha olmaganman


“Chelsi” klubining sobiq sardori Jon Terri 2012/13-yilgi mavsumda londonliklarni boshqargan Rafael Benites bilan munosabati haqida gapirdi.

“Rostini aytsam, qiyin bo‘lgan. Rafa kelgan paytda u bilan ishlashni sabrsizlik bilan kutgandim. Muxlislar uni qabul qila olmadi va ilk kundanoq uning iste’fosini istadi.

U “Chelsi”da yetarlicha muvaffaqiyat qozondi deyish mumkin, biz Yervopa Ligasida g‘olib chiqqandik. Biroq shaxsan o‘zim o‘sishni va biror nima o‘rganishni xohlardim. Har bir o‘yinchiga imkoniyat berish kerak, bu imkoniyatdan foydalana olish o‘ziga bog‘liq, biroq biz birinchi kundanoq chiqisha olmadik.

Benites har majlisda shuni qaytarardi: “Biz “Liverpul”da bunday qilardik”. U bilan uchrashishim va shunday deyishim kerak edi: “Murabbiy, siz “Liverpul”ni unutishingiz kerak, bunday deyaverish yaramaydi. Hozir “Chelsi”dasiz, yigitlarga bu yoqmaydi”.

Benites kelgan vaqtda jarohat olgandim, rostini aytsam, menga oson bo‘lmagandi. Jarohat sabab olti haftaga safdan chiqdim, keyinchalik qaytdim, bir nechta o‘yin o‘tkazdim, “Fulhem”ga safarda ikkita gol urdim. Ammo keyingi o‘yinda tarkibdan joy olmadim. Bularning hammasi asta-sekin yig‘ilib borardi”, — deydi Terri.

Jon Terri 1998—2017-yillar mobaynida londonliklar jamoasida harakat qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют