» » Xitoyda ham, Janubiy Koreyada ham bir sutka ichida olti nafardan odamda koronavirus aniqlandi

Xitoyda ham, Janubiy Koreyada ham bir sutka ichida olti nafardan odamda koronavirus aniqlandi


Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 6 ta holat aniqlandi, 50 kishi tuzaldi, vafot etganlar qayd etilmadi.

Bugungi kunda Xitoyda umumiy hisobda 83 884 kishi koronavirusga chalingani tasdiqlangan, kasallanganlarning 77 983 nafari tuzalgan, 4 636 nafari vafot etgan.

Shuningdek, yana 34 kishida kasallik alomatlarsiz kechayotgani aniqlangan. Umumiy hisobda shunday kishilarning yana 979 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirusga chalinganlarning 93 foizdan ortig‘i tuzaldi

Janubiy Koreyada ham so‘nggi sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 6 ta holat aniqlanib, kasallanganlarning umumiy soni 10 708 kishiga yetdi. O‘tgan sutkada bemorlarning 90 nafari tuzalib, sog‘ayganlarning umumiy soni 8 501 kishiga yetgan.

Shuningdek, mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 222 kishida davolanganidan keyin ham organizmida virus qolgani aniqlangan. KCDC virus qaytadan aniqlanishining ehtimoliy sabablarini o‘rganmoqda.

Mavzuga doir: JSST COVID-19 yuqtirib olganlarning qayta kasallanish ehtimoliga baho berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют