» » Samarqand viloyatining Toyloq tumaniga kirish-chiqish to‘xtatildi

Samarqand viloyatining Toyloq tumaniga kirish-chiqish to‘xtatildi


Samarqand viloyatining Toyloq tumaniga 24-aprel soat 06:00 dan boshlab kirish-chiqish to‘xtatildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur tadbir koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishga qaratilgan karantin tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, xabarni tuman hokimligi axborot xizmati tasdiqlagan. Ammo nima uchun aynan Toyloq tumaniga kirib-chiqish to‘xtatilganiga hech qaysi tashkilot izoh bermagan.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma’lumotida 22-aprel holatiga ko‘ra,  viloyatda  koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15 nafarni tashkil etgan. 64 nafar bemorda virus alomatlari kuzatilganligi bois viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilib, tibbiy tekshiruvlar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida yashovchi fuqaro joriy yil 4-aprel kuni tomoq og‘rishi va tana haroratining ko‘tarilishi bilan yashash hududidagi poliklinikaga murojaat qilgan. Infeksionist ko‘rigida bo‘lgan bemorning tana harorati ko‘tarilganligi uchun zudlik bilan izolyatorga olinib, undan olingan surtmalar viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasiga yuborilgan. Bemorda kasallik aniqlangach, u katta korxona boshqaruvchisi ekanligi, bemor bilan muloqotda bo‘lgan 200 kishi karantinga olingani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumanida mashinalar hamda fuqarolarning harakatlanishi butunlay to‘xtatiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют