» » Farg‘ona va Toshkentda yana 29 bemor koronavirusdan sog‘aydi. Ular orasida uch oylik chaqaloq ham bor

Farg‘ona va Toshkentda yana 29 bemor koronavirusdan sog‘aydi. Ular orasida uch oylik chaqaloq ham bor


Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasiga chalingan 19 nafar bemor sog‘aydi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, sog‘ayganlarning 9 nafari Turkiyadan, 1 nafari Saudiya Arabistonidan kelgan va karantinga olingan, qolgan to‘qqiz kishi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda kasallikni yuqtirib olgan edi.

“Ulardan 11 nafari Farg‘onadan, 3 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Samarqanddan, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 10 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, ular orasida uch oylik chaqaloq ham bor. Eng yoshi kattasi 61 yoshda”, — deyiladi vazirlik axborotida. Bungacha Farg‘ona viloyati bo‘yicha 11 nafar bemor sog‘aygan edi.

Shuningdek, Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 10 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ulardan 9 nafari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan, 1 nafari esa Qozog‘istondan kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan edi.

“Ularning 7 nafari Toshkent shahridan, Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyatidan 1 nafardan. Infeksiya aniqlangach, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. Bemorlardan 6 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 55 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 14 yoshda”, — deyiladi vazirlik xabarida. Bungacha ushbu klinikada 58 nafar bemor sog‘aygan edi.

Shunday qilib, O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar soni 24-aprel soat 13:00 holatiga ko‘ra 592 nafarga yetdi. Eslatib o‘tamiz, 24-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 1778 ta holat aniqlangan, bemorlarning yetti nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют