» » Rahbariyati o‘zgargani aytilayotgan “Paxtakor” futbolchilarida befarqlik alomatlari boshlandi

Rahbariyati o‘zgargani aytilayotgan “Paxtakor” futbolchilarida befarqlik alomatlari boshlandi


Toshkentning “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov “Sho‘rtan”dan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan keyin futbolchilaridagi befarqlikdan nolidi. Bu borada u matbuot anjumanida aytgan.

Hisob barchasini aytib turibdi. “Sho‘rtan” bizdan kuchli o‘yin ko‘rsatib, g‘alabaga erishdi. Afsuski, bizda juda ko‘p muammolar bor: ichki muhit, jamoa ruhiyati va tarkib. Eng asosiysi, futbolchilarimizda qandaydir befarqlik hukm surmoqda. Bu esa meni o‘ylantirmoqda.

Ravshan Haydarov, “Paxtakor” bosh murabbiyi

Avvalroq “Paxtakor” Muborakda “Mash’al”dan 0:3 hisobida yengilgach, bosh murabbiy Grigoriy Kolosovskiy ishdan olingandi. Ko‘p o‘tmay, Ravshan Haydarov ham shu hisobdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Ravshan Haydarov “Paxtakor” tepasiga hisob bo‘yicha uchinchi bor kelganidan keyin klubda katta o‘zgarishlar bo‘lgani taxmin qilindi. Garchi “Paxtakor” matbuot xizmati bu borada aniq axborot bermagan bo‘lsa-da, klubda rahbariyat o‘zgarib ulgurgani aytilmoqda.

Shundan kelib chiqib, “Paxtakor” stadionining rekonstruksiya qilinishi mumkinligi, jamoaga Yevropa va Braziliyadan yangi mutaxassis izlanayotgani va legioner futbolchi kelishi mumkinligi borasida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Опубликовано: admin (17-04-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют