» » Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 68 mingdan oshdi, 600 dan ortiq odam virus qurboniga aylandi

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 68 mingdan oshdi, 600 dan ortiq odam virus qurboniga aylandi


Rossiyaning 82 mintaqasida o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 5849 ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakatning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor shtabi xabar berdi.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlarning jami soni 68 622 kishiga yetgan.

O‘tgan bir sutka ichida Rossiyada COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 60 bemor vafot etgan. Shunday qilib, mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 615 kishiga yetdi.

Shuningdek, o‘tgan bir sutka ichida 677 kishiga shifoxonadan javob berilgan, davolanishga muvaffaq bo‘lganlarning jami soni 5568 kishini tashkil etmoqda.

Avvalroq Moskva shahri rasmiylari koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun shaharga harbiy bo‘linmalarni kiritishni talab qiladigan ssenariyni amalga oshirishni istamasliklarini bildirgan edi. Shu bilan birga, Moskva meri koronavirus belgilari bor shaxslar bilan yashayotganlarning ko‘chaga chiqishiga ruxsat bergan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda 2,7 milliondan ortiq odamda COVID-19 aniqlangan, 190 ming bemor virus qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Kreml Xitoy koronavirusga oid ma’lumotlarni yashirgani to‘g‘risida dalillar yo‘qligini bildirdi

O‘zbekistonda esa 24-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1778 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning yetti nafari vafot etdi, 561 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют