» » O‘zbekistonda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni sakkiz nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni sakkiz nafarga yetdi


Toshkent viloyati, Angren shahrida yashovchi F. (ayol) viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘ta og‘ir ahvolda 19-aprel kuni yotqizilgan va sun’iy nafas olish apparatiga olingan. Tahlillardan so‘ng bemorda “COVID-19” koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

“Shundan so‘ng unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasiga o‘tkazilgan. Bemorda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘tkir respirator distress sindrom, gipertoniya kasalligi ikkinchi bosqich, xavf 4, semizlikning 3 darajasi bo‘lganligi sababli kasallik og‘ir kechib, davolanish davomida hamisha sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan”, – deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Bemorning shu kungacha ahvoli sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar o‘tkazib kelingan. Biroq belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas, o‘pka-yurak va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etdi.

Bu O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorning vafot etishi bilan bog‘liq sakkizinchi holatdir. Bungacha

vafot etgani ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют