» » Chexiya Yevropada birinchilardan bo‘lib chegaralarini ochib, fuqarolarga chet elga chiqishga ruxsat berdi

Chexiya Yevropada birinchilardan bo‘lib chegaralarini ochib, fuqarolarga chet elga chiqishga ruxsat berdi


Chexiya hukumati o‘z fuqarolariga 24-apreldan chet elga chiqishga, shu jumladan boshqa mamlakatlarga dam olish uchun borishga ruxsat berdi. Shu kundan boshlab mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanishga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi. Prague Morning’ning xabar berishicha, bu haqda Chexiya sog‘liqni saqlash vaziri Adam Voytex ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, talabalar va ish vizasi bilan kelganlar Chexiyaga kira olishi uchun chet elliklarni mamlakatga kiritmaslik bo‘yicha cheklov choralari yumshatildi. Chexiya va chet el fuqarolari mamlakatga kirayotganda koronavirusga test salbiy chiqqanini ko‘rsatuvchi tahlilni taqdim etishi yoki 14 kun karantinda o‘tirishi kerak. Bunda taqdim etilayotgan test topshirilganiga 4 kundan oshmagan bo‘lishi lozim.

Bundan tashqari, fuqarolarga 10 kishigacha to‘planishga ruxsat berildi (bundan avval faqat 2 kishi to‘planishi mumkin bo‘lgan).

Hukumat, shuningdek, 27-apreldan boshlab OTMlarda darslarni davom ettirishga, kutubxona va do‘konlarni ochishga ruxsat beradi. Epidemiya holati yaxshilansa 11-maydan savdo markazlari, muzeylar, go‘zallik salonlari, yana 2 haftdan keyin esa mehmonxonalar va restoranlar o‘z ishini davom ettiradi.

Agar koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashsa, cheklovlarni yumshatish bekor qilinadi.

Chexiya koronavirus epidemiyasi tufayli Yevropa davlatlari ichida birinchilardan bo‘lib o‘z chegalarini yopgan. Kirish-chiqishga cheklovlar 16-martdan boshlab amalga kiritilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 7 187 kishida koronavirus qayd etilgan. Ulardan 2 152 nafari tuzalgan, 210 nafari vafot etgan.

20-aprel kuni Chexiya prezidenti Milosh Zeman mahalliy radiostansiyalardan biriga bergan intervyusida koronavirus qaytadan avj olmasligi uchun fuqarolarning chet elga chiqishiga taqiqni yana bir yilga uzaytirish lozimligini aytgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют