» » Chirchiqda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishga uringan 60 yoshli piyodani mashina urib ketdi

Chirchiqda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishga uringan 60 yoshli piyodani mashina urib ketdi


Chirchiq shahrida 21-aprel kuni piyodaning o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deya xabar bermoqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi.

Xabar berishlaricha, soat taxminan 11:30 da Alisher Navoiy ko‘chasidagi “Barbados” oshxonasi oldida yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan 60 yoshli piyodani Nexia-3 avtomobili urib yuborgan.

“Piyoda zudlik bilan Qibray tuman kasalxonasining jonlantirish bo‘limiga olib borilgan, ammo uning hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagan”, — deyiladi IIV YHXBB axborotida.

Qayd etishlaricha, Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan mazkur holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Avvalroq Do‘stlikda ishonchnomasi va stikeri bo‘lmagan haydovchi 50 yoshli piyodani urib yuborgani, Zangiotada 33 yoshli piyodani urib yuborgan haydovchi voqea joyidan qochib ketgani, Boysunda Nexia avtomobili 28 yoshli cho‘pon va 31 ta qo‘y-qo‘zini urib ketgani haqida xabar berilgan edi. Har uchala holatda ham jabrlanuvchilar vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют