» » O‘zbekiston pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun 3,1 mlrd dollar jalb qilmoqchi

O‘zbekiston pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun 3,1 mlrd dollar jalb qilmoqchi


O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish uchun xalqaro moliya institutlarining 3,1 milliard dollar miqdoridagi kreditlarini jalb qilish niyatida. Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-aprel kuni bu boradagi tegishli qarorni imzoladi.

Hujjat bilan pandemiyaning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun grantlarni jalb qilish va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Ushbu mablag‘lardan sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga — 277,5 million dollar, tadbirkorlik va bank tizimini qo‘llab-quvvatlashga — 700 million dollar, davlat budjetiga — 1,8 milliard dollar, kommunal va energetika korxonalariga 300 million dollar yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston mablag‘larni jalb qilmoqchi bo‘lgan moliyaviy institutlar ro‘yxatiga Jahon banki, Osiyo Taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo infratuzilma investitsiya banki kiritilgan.

Avvalroq bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi sharoitida taraqqiyot banklaridan iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun 1,6 milliard AQSh dollari miqdorida qarz olishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev mart oyida imzolagan farmonga muvofiq, Moliya vazirligi qoshida Inqirozga qarshi kurash fondi tuzilgan va unga koronavirus tarqalishining oldini olish va epidemiyaning iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar uchun 10 trillion so‘m miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют