» » Yangiyo‘lda shinasi yorilib ketgan Isuzu ag‘darildi. Yuk mashina yo‘lovchisi kasalxonaga yotqizilgan

Yangiyo‘lda shinasi yorilib ketgan Isuzu ag‘darildi. Yuk mashina yo‘lovchisi kasalxonaga yotqizilgan


Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 22-aprel kuni soat taxminan 12:30 da Isuzu yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, deya xabar bermoqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB).

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent—Termiz yo‘lining 823-kilometrida Isuzu yuk mashinasining chap tomon old shinasi yorilib ketgan. Oqibatda haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan va mashina ag‘darilib ketgan.

“Natijada yuk mashina yo‘lovchisi 1973-yilda tug‘ilgan B.G‘. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan”, — deyiladi IIV YHXBB axborotida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют