» » Google O‘zbekistonda soliq to‘lashni boshladi

Google O‘zbekistonda soliq to‘lashni boshladi


Soliq kodeksi bilan 2020-yildan boshlab O‘zbekiston hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorijiy kompaniyalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lash joriy etildi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatda bunday kompaniyalarni ro‘yxatga olish uchun Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan maxsus xizmat – Internet-kompaniyalarning QQS-ofisi yaratilgan.

Bugungi kunga qadar QQS-ofis orqali O‘zbekistonda 9 ta xorijiy kompaniyalar ixtiyoriy soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan:

QQS bo‘yicha birinchi to‘lov Google Commerce Limited kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Kompaniya joriy yilning I-choragi yakunlariga ko‘ra davlat budjetiga 85 ming yevro miqdorida mablag‘ to‘lagan.

“Ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tish, chet el korxonalari (kompaniyalar) o‘z imijiga putur yetkazmaslik bilan bir qatorda hududida pullik xizmat ko‘rsatayotgan davlatning qonunlarini hurmat qilishlarini bildiradi. Hozirda O‘zbekistonda ham elektron tijorat tezkorlik bilan rivojlanayotganligini inobatga olib, bunday ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tish va soliqlarni to‘lash mahalliy tadbirkorlar uchun ham yaxshi namuna bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Apple O‘zbekiston uchun App Store’dagi dasturlar narxini oshirgani, bunga “Google solig‘i” sabab bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Soliq kodeksining yangilangan tahririda “Google solig‘i” belgilab qo‘yilgani haqida xabar berilgan. “Yandeks”ning O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori lavozimida bir necha yillar ishlagan Yevgeniy Lukyanchikov “Google solig‘i” ikki tomonlama soliqqa tortilishga olib kelishi mumkinligini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 52) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют