» » Tramp koronavirusni nur va dezinfeksiya vositalari bilan davolashni taklif qildi. Shifokorlar uni bu yo‘ldan qaytardi

Tramp koronavirusni nur va dezinfeksiya vositalari bilan davolashni taklif qildi. Shifokorlar uni bu yo‘ldan qaytardi


AQSh prezidenti Donald Tramp 23-aprel, payshanba kuni, Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifingda quyosh nuri odamlarni koronavirus bilan davolashda ishlatilishi mumkin, deb xato taxmin qildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Brifingda milliy xavfsizlik vazirligi vakili Bill Brayan koronavirusning quyosh nuri va issiqlik ta’sirida zaiflashishi ko‘rsatilgan tadqiqot natijalarini taqdim etgan. Shundan so‘ng Donald Tramp COVID-19 kasalligiga chalingan amerikaliklar issiq kunlarda quyosh nuri orqali davolanishi mumkin, deb taxmin qilgan.

Prezident Oq uyning koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha koordinatori doktor Debora Birksdan “shifokorlar bilan gaplashib, davolanish uchun yorug‘lik va issiqlikdan foydalangan holda kasallikni davolash usuli bor-yo‘qligini aniqlash”ni so‘ragan. Shifokor unga yorug‘lik va issiqlik davolanishda foydalanilmayotganini aytgan. Trampning fikricha, davolashda ultrabinafsha yoki shunchaki kuchliroq nurdan foydalanish mumkin.

Mavzuga doir: Fransiyalik olimlar koronavirus qanday haroratda butunlay yo‘q bo‘lishini aniqladi

Brifingda, shuningdek, dezinfeksiyalash vositalari, masalan, oqartiruvchi vosita yoki izopropilli spirt virusni tezda yo‘q qilishi ko‘rsatilgan boshqa tadqiqot natijalari ham taqdim etilgan. Bunga javoban Tramp ushbu vositalardan, masalan, inyeksiya ko‘rinishida koronavirusni davolashda foydalanish mumkinligini tekshirib ko‘rishni taklif qilgan. Uning fikricha, dezinfeksiya vositalari virusni bir daqiqada yo‘q qilishi mumkin.

Bir necha shifokorlar CNN’ga quyosh nuri koronavirus uchun davolash vositasi bo‘lolmasligini bildirgan. Shifokorlar Trampning quyosh va dezinfeksiyash vositalari bilan davolanish haqidagi takliflari mantiqqa to‘g‘ri kelmasligi haqida ogohlantirgan. Quyosh nurida davolanishga urinish kuyish, teri saratoni yoki boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Mavzuga doir: Rossiyalik virusolog issiq havoning koronavirusga qanday ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19’ni quyosh bilan davolashni haqiqatdan yiroq deb aygan, quyosh yoki 25 daraja issiq havo koronavirus tarqalishining oldini olmasligini ta’kidlagandi. Mutaxassislar ham o‘z navbatida ultrabinafsha lampalar, agar undan to‘g‘ri foydalanilmasa, odam salomatligiga zarar yetkazishi mumkinligidan ogohlantirgan.

AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va sanitar nazorat boshqarmasi rahbari Stiven Xan Trampning chiqishidan so‘ng fuqarolarni dezinfeksiya vositalarini ichib yurmaslikka chaqirgan, Vashington hukumati ham odamlardan dezinfeksiya vositalari bilan o‘zlariga inyeksiya qilib yurmaslikni so‘ragan.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 869 ming kishidan oshib ketdi, 80 mindan ortiq bemor tuzalgan, qariyb 50 mingga yaqini vafot etgan.

Mavzuga doir: AQShda koronavirusning ikkinchi to‘lqini birinchisidan ham xatarli bo‘lishi mumkinligi taxmin qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют