» » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 600 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 600 nafardan oshdi


Andijon va Namangan viloyatida 24-aprel, juma kuni, jami 19 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Namangan viloyatida 14 nafar, Andijon viloyatida esa 5 nafar bemor butkul sog‘aygan bo‘lib, ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Namanganda sog‘ayganlarning 4 nafari erkak, 10 nafari ayollar bo‘lib, barchasi Namangan viloyatidan. Andijonda darddan forig‘ bo‘lganlarning 5 nafari ham ayollar bo‘lib, barchasi ushbu viloyatdan. Ikkita viloyatdan jami 19 nafar bemor koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 79 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Shu kunning o‘zida Qashqadaryoda ikki kishi, Farg‘ona viloyatida 19 kishi (ular orasida uch oylik chaqaloq ham bor), Toshkentda 10 kishi, keyinroq yana 6 kishi — jami 37 kishi koronavirusdan sog‘aygani ma’lum qilingan edi.

Shunday qilib, O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 617 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, 24 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 1778 ta holat aniqlangan, bemorlarning sakkiz nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 38) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют