» » Adebayor xayriya qilmayotgani haqida: Nimani xohlasam, shuni qilaman

Adebayor xayriya qilmayotgani haqida: Nimani xohlasam, shuni qilaman


Togo terma jamoasi hujumisi Emmanuel Adebayor koronavirusga qarshi kurashda o‘z mamlakatiga yordam bermayotganini aytib tanqid qilayotganlarga javob qaytardi.

“Xayriya ishlariga qo‘l urmayotganimni gapirayotganlar — meni tinch qo‘ying. Men nimani xohlasam, shuni qilaman. Siz meni Drogba va Eto’O bilan solishtirishingiz mumkin, biroq men ularga o‘xshamayman. Men — Emmanuel Shay Adebayor va har doim o‘z xohishim bo‘yicha ish qilaman”, — deydi Adebayor.

Adebayor futbolchilik faoliyatini 2001-yili “Mets”da boshlagan. Shundan keyin u “Monako”, “Arsenal”, “Manchester Siti”, “Real”, “Tottenhem”, “Kristal Pelas”, “Istanbul Bashakshehir” va “Kayserispor”da faoliyat yuritdi. Ayni vaqtda 36 yoshli futbolchi Paragvayning “Olimpiya” klubiga o‘ynamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Adebayorga “Paxtakor” tomonidan qiziqish bo‘lgani xabar qilingan va Toshkent klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze buni tasdiqlagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют