» » Toshkent shahar IIBB xodimlari xizmat mashinalari yordamida 3 yoshli bolani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi (video)

Toshkent shahar IIBB xodimlari xizmat mashinalari yordamida 3 yoshli bolani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi (video)


Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi uch yoshli bolaning ota-onasi iltimosiga binoan, shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari bolani tug‘ilgan kuni bilan tabriklash uchun xizmat mashinalarida tashrif buyurdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularga shoshilinch holatlarda yordam ko‘rsatish uchun tashkil etilgan “issiq tarmoq” telefon raqamlari orqali kichkintoy Baxtiyorning qarindoshlari murojaat qilib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashni iltimos qilgan. “Politsiya mashinalarini judayam yaxshi ko‘radi, agar uning uch yoshga to‘lgani bilan Toshkent shahar IIBB xodimlari tabriklasa, judayam xursand bo‘lardi” — deya murojaat qilgan bolaning onasi.

Toshkent shahar IIBB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari ushbu iltimosni rad eta olmadi. Yunusobod tumanining aynan o‘sha mavzesida yordamga muhtoj fuqarolar ham turpolitsiya xodimlarini kutayotgandi. IIBB xodimlari ana shu vaziyatdan foydalanib, uch yoshga to‘lgan bolakayni xizmat mashinalari sirenalarini yoqqan holda tabriklashga kelgan.

Avvalroq Toshkentda tug‘ruqxonaga borishga ulgurmagan ayol PPX mashinasida farzandini dunyoga keltirgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют