» » Amerikalik firibgarning 240 ta avtomobildan iborat kolleksiyasi auksionga qo‘yiladi

Amerikalik firibgarning 240 ta avtomobildan iborat kolleksiyasi auksionga qo‘yiladi


Firibgarlikda ayblanayotgan Interlogic Outsourcing, Inc. kompaniyasining sobiq egasi Najib Xonning avtomobil kolleksiyasi kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Uning garajidan turli davrlarga oid 240 turdagi noyob va qimmatbaho avtomobillar o‘rin olgan, deb xabar beradi Motor.

Najib Xon ko‘plab noyob avtomobillarni yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan. Masalan, 1917-yilda ishlab chiqarilgan Hudson, 1920-yillarning poyga mashinalari, bir juft Tatra—T87 va 2-603, 1927-yilgi Bugatti Type, shuningdek, 1936-yilda ishlab chiqarilgan White Model 706 Glacier National Park turistik avtobusi. Keyingi avlod mashinalaridan esa 1955-yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz SL Gullwing, Ferrari 225 S Berlinetta, Auburn 851, Fiat 8V o‘rin olgan.

Amerika klassikalari orasidan DelOrean DMC-12 va Ford Roadster ham bor bo‘lib, Ferrari superkarining bir necha modellari o‘rin olgan. Kolleksiyadan 1927-yilda ishlab chiqarilgan M274 A5 1/2 Ton 4x4 Mule harbiy avtomobillari, shuningdek, Subaru 360 bazasidagi politsiya avtomobillari o‘rin olgan.

Cl?ment 12/15 HP (1903-yil)

Shaw Special poyga mashinasi

1924-yilgi Bentley

Bugatti Type 35 Grand Prix

Rolls-Royce Phantom II Shooting Brake

1933-yilgi Ford Roadster

Auburn 851 Supercharged Speedster

1936-yilda ishlab chiqarilgan White Model 706

Hudson Super Six

Ferrari 225 S Berlinetta

Mercedes-Benz 300 SL

Tatra 2-603



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют