» » O‘zbekistonda bir qator sohalarga karantin talablari asosida faoliyatini qayta tiklashga ruxsat etildi (ro‘yxat)

O‘zbekistonda bir qator sohalarga karantin talablari asosida faoliyatini qayta tiklashga ruxsat etildi (ro‘yxat)


O‘zbekiston hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, sanoat, infratuzilma, transport va logistika subyektlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan epidemiya sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash, aholi o‘rtasida ishsizlik oshib ketishining oldini olish hamda budjet tushumlarini ta’minlash uchun iqtisodiyotning quyidagi bir qator yo‘nalishlari faoliyatiga ruxsat berilmoqda.

Koronavirus epidemiyasi sharoitida ushbu korxona va tashkilotlarni, savdo va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat yuritishi hamda qator obyektlarda qurilish ishlarini davom ettirish sanitariya-epidemologiya talablari asosida belgilangan.

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha korxona va tashkilotlarda COVID-19 kirib kelishining oldini olish va tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan talablar:

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha savdo korxonalarida COVID-19 kirib kelishining oldini olish va tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan talablar

Maxsus komissiya qarorida korxona va tashkilot rahbarlari qo‘l ostida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning sog‘lig‘i uchun mas’ul ekanliklari yana bir bor eslatib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda koronavirus aniqlanmagan hududlarda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish yuzasidan topshiriq bergan edi. Prezident tomonidan 22-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektorda O‘zbekistonning koronavirus qayd etilmagan hududlarida sanoat korxonalari va klasterlar o‘z ishini qayta boshlagani ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют