» » O‘zbekistonda 24-aprel kuni 60 kishi koronavirusdan tuzaldi. Mamlakatda tuzalganlar soni 621 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 24-aprel kuni 60 kishi koronavirusdan tuzaldi. Mamlakatda tuzalganlar soni 621 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 24-aprel, juma kuni, koronavirusga chalingan bemorlarning 60 nafari tuzalib, reabilitatsiyaga jo‘natildi. Mamlakatda tuzalganlarning umumiy soni 621 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasiga chalingan dastlabki 4 nafar bemor butkul sog‘aydi.

Sog‘ayganlarning barchasi ushbu infeksiyaga chalinganlar bilan yaqin muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 2 nafari katta yoshli erkak, 2 nafari esa voyaga yetmagan bola, barchasi Samarqand viloyatidan. So‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.

Shu kunning o‘zida Qashqadaryoda 2 kishi, Farg‘ona viloyatida 19 kishi (ular orasida uch oylik chaqaloq ham bor), Toshkentda 10 kishi, keyinroq yana 6 kishi, Namanganda 14 kishi va Andijonda 5 kishi tuzalgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekistonda 24-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 26 kishiga oshib, 1804 nafarni tashkil etmoqda. Shunday qilib, 24-aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 46 ta yangi holat tasdiqlandi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.

Muhim: O‘zbekistonda bir qator sohalarga karantin talablari asosida faoliyatini qayta tiklashga ruxsat etildi (ro‘yxat)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют