» » “Energetik-BGU” yirik hisobda yutqazdi. Yaxshiboyev va Umarov jamoasi ketma-ket uch o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmoqda

“Energetik-BGU” yirik hisobda yutqazdi. Yaxshiboyev va Umarov jamoasi ketma-ket uch o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmoqda


Belarus chempionatining 6-turida “Energetik-BGU” 24-aprel, juma kuni “Neman” maydoniga safar qildi.

Unda maydon egalari yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 66-daqiqada Gegam Kadimyan “Neman”ni oldinga olib chiqdi. Keyinchalik Pavel Zabelin ikkita to‘p kiritgan holda hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchilardan Jasur Yaxshiboyev to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Shahboz Umarov 59-daqiqada maydonga tushdi.

Shu tariqa “Energetik-BGU” ketma-ket uchinchi o‘yinda birorta ham gol ura olmay mag‘lubiyatga uchradi. Minskliklar 9 ochko bilan musobaqa jadvalining 7-pog‘onasida bormoqda.

Belarus Oliy Ligasi

6-tur bahsi

24-aprel, juma

Gollar: 1:0 – 66 Kadimyan, 2:0 – 72 Zabelin, 3:0 – 82 Zabelin.

“Neman”: Dudar, Vasilev, Slabashevich (Leshko, 66), Stoykovich, Kantariya, Yakimov, Legchilin, Kadimyan, Zabelin, Yatskevich (Marushich, 46), Rassadkin.

“Energetik-BGU”: Sadovskiy, Yudchits (Girs, 66), Sokol, Shkurdyuk, Svirepa, Mavatu, Nosko, Yaxshiboyev, Tve, Musaxanyan, Atemeng (Umarov, 59).

Ogohlantirishlar: Musaxanyan (22), Tve (29), Slabashevich (35), Atemeng (54).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют